Fond haqida

Fond haqida

O'zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi — 1992-yildan buyon faoliyat yuritayotgan, nodavlat notijorat tashkilot sifatida mahalla va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Tashkil topishi

Fond 1992-yil 22-oktyabrda ta'sischilar konferensiyasida yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 18-iyunda 44-P-son bilan fond Ustavi qayta davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Huquqiy holati

Fond — yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo'shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy maqsadlarni ko'zlaydigan, tashkiliy-huquqiy shakli jamoat fondi bo'lgan nodavlat notijorat tashkilotdir.

Tuzilishi

  • Vasiylik kengashi
  • Respublika boshqaruvi
  • Hududiy bo'limlar (viloyatlar va Toshkent shahar bo'limi)

Asosiy vazifalari

  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg'iz keksalar, faxriylar, nogironlar va yetim-yesirlarga moddiy-ma'naviy yordam
  • Fuqarolar yig'inlari faoliyatini moliyaviy qo'llab-quvvatlash
  • Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash, uy-joy ta'mirlash
  • Ta'lim, sog'liqni saqlash va epidemiyaga qarshi kurash yo'nalishlarida ko'mak
  • Xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ijtimoiy loyihalar
Tashkil topgan
22-oktyabr, 1992-yil
Ustav qayta ro'yxatdan o'tgan
18.06.2020, 44-P-son
Tashkiliy-huquqiy shakli
Jamoat fondi (NNT)
Qamrov
Barcha viloyatlar + Toshkent shahri